Vadim Abramov: Durang ham bugungi o‘yin uchun adolatli bo‘lar edi

O‘zbekiston Superligasi 2-turida Neftchi klubiga kichik hisobda mag‘lub bo‘lgan Dinamo klubi ustozi Vadim Abramov mag‘lubiyat sabablari va jamoa qachon Samarqanddagi maydonga qaytishi haqidagi savollarga javob berdi.

O‘yin borasida nima deyman. G‘alabaga munosib edik demayman, ammo durang ham bugun yaxshi natija bo‘lar edi. Raqib o‘z imkoniyatidan foydalandi. Biz esa aksincha, yaratilgan imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. Himoyadagi birgina xato tufayli mag‘lub bo‘ldik. Birinchi taymda futbolchimiz jarohat olgani ham o‘yindan oldin tuzilgan rejalarni o‘zgartirib yubordi.

Samarqanddagi stadion qachon ochilishini aniq ayta olmayman. Ammo, bilishimcha, stadion hozir yaxshilanmoqda. Ishlar ketayapti. Balki, kichik tanaffusdan so‘ng, aprelda qaytarmiz.

Ganalik futbolchini o‘yin yakunidagina maydonga tushirganimiz sababi, bizda uning o‘rnida yana ikki nafar boshqa hujumchi bor. Hozir ularga ishonch bildirayapmiz. Yagr ham futbol havosini his qilishi uchun oz bo‘lsada imkon berdik. Hali o‘zini ko‘rsatadi albatta.

mib
uzcard
cola
apex
bmb