Vitaliy Levchenko: Nsungusi bilan shartnoma tuzishga ikkilanmadik

O‘zbekiston Superligasi 2-turida safarda Dinamo'ni kichik hisobda mag‘lub etgan Neftchi klubi ustozi Vitaliy Levchenko o‘yindan keyingi matbuot anjumanida g‘alaba, yangi hujumchi va favoritlar haqidagi savollarga javob berdi.

Dinamo'ning Navbahor'ga qarshi bahsini ko‘rgandik va bizga qarshi agressiv o‘ynashini kutgandik. Ularning bosimiga qarshi turib berish va xatolar qilmaslikni reja qilgan edik. Ayni damda sifat haqida gapirish erta. Asosiysi natija edi. Yakunda o‘zimiz uchun kerakli natijani saqlab qola oldik. O‘yin tugagach, futbolchilarga buning uchun rahmat aytdim.

Effiong Nsungusini bu yerga olib kelish uchun ancha oldin harakat boshlagan edik. Uni avvalgi mavsumdayoq olib kelish rejamiz bor edi. Ammo, bu reja amalga oshmagan edi. Uni anchadan buyon kuzatib yurib shartnoma qilishni rejalashtirgandik. Uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng nihoyat mavsum avvalida u bilan shartnoma imzolashga erishdik. Unga, Qozog‘istonda, boshqa xorij klublaridan takliflar bor edi. Futbolchini Turkiyadagi yig‘inimizga taklif etishni rejalashtirgandik, ammo Turkiya negadir nigeriyaliklarga viza bermayapti. Sababini bilmayman. Shuning uchun shartnomani shu yerda tuzdik. To‘g‘ri, yig‘inda ishtirok etmadi, ammo shartnoma tuzishda ikkilanmadik, boisi, uni uzoq vaqt davomida kuzatib borgan edik.

Favoritlar haqida mening gapirishim xato bo‘ladi. Bu haqda sizlar, mutaxassislar gapirsa to‘g‘riroq. Bizning vazifamiz esa sifatli futbol ko‘rsatib natijaga erishish.

mib
uzcard
cola
apex
bmb