Aleksandr Xomyakov: Noxush seriyaga chek qo‘yganimiz yoqimli

Superliga 2-turidan o‘rin olgan Andijon – Bunyodkor (5:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Uy uchrashuvimizdagi ilk o‘yinni intizor bo‘lib kutgandik. Muxlislarimizni xursand qilishimizni niyat qilgandik. O‘z o‘rnida ishqibozlarimiz ham a’lo darajada qo‘llab-quvvatlashdi. Bunday muxlislik fonida biz o‘z darajamizdan past o‘yin ko‘rsatmasligimiz kerak edi. Shunday ekan, barchani bugungi g‘alaba bilan tabriklayman. Yanada oldinga intilishni xohlayman.

Statistikadan xabarim bor edi. Albatta, bunday yoqimsiz an’anaga chek qo‘yib, yirik hisobda g‘alaba qozonganimiz shubhasiz yoqimli. Ishonamanki, bundan keyin ham yana shunday g‘alabalarimiz davom etadi. Eng asosiysi, ishqibozlarimizni xursand qilish. Yigitlarga ham yaxshi o‘yin ko‘rsatishgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Boshida ozgina qiyin bo‘ldi. Bir qator asabiy vaziyatlar kuzatildi. Mas’uliyatni his qilgan holda natijaga erishdik. Katta kuch bilan oldinga intilishdi. Futbolchilarimga qoyil! Standartdan gol urishga erishdik, tezkor gol ham kiritdik. Umumiy ma’noda aytganda, ko‘zlagan maqsadimizga erishdik.

Rubin Hebayning tezligi yuqorimidi? Zgurskiy hali yosh. Shu o‘rinda jamoamiz ham ozgina yoshardi. Aksariyat chiziqlarimizda yoshlar to‘p surishyapti. Ularda biroz tajriba yetishmayotgan bo‘lishi mumkin. Zgurskiyga to‘xtalsam, bu uning ikinchi o‘yini, o‘z uyimizdagi endi ilk uchrashuvi hisoblanadi. Bunday atmosferada balki u hali o‘ynamagandir. O‘ylaymanki, uning tezligi u qadar yomon emas. O‘yinning har bir jarayonida ishtirok etyapti. Hujumlarda ham faol ishtirok etyapti. O‘ylaymanki, uning faoliyati yomon boshlanmadi. Jamoamizda bir qator iqtidorli yoshlar bor. Ularga yana tajriba to‘plash uchun biroz vaqt kerak. Hozirda klubga moslashish jarayoni davom etyapti. 5:1 hisobida g‘alaba qozonganimiz hali hech nimani anglatmaydi. Chunki ustimizda ko‘p ishlashimiz kerak. Muammolarimiz ham yo‘q emas. Ularni bartaraf qilish ustida ishlashda davom etamiz.

Bizda qanot himoyachilari o‘rtasida ayrim muammolarimiz bor edi. Qanotlarni o‘zgartirish uchun bir qator variantlar bor edi. Masalan, Ilhom Alijonov varianti yoki Abdurahmon Komilov. Afsuski, ularni jarohatlari mavjud. Alijonov hozir tiklanish jarayonini davom ettiryapti. U asta-sekin o‘ziga kelmoqda. Ular safga qaytganidan so‘ng yanada kuchayamiz.

mib
uzcard
cola
apex
bmb