Ivan Bubalo: Darvozamizga berilgan har bir zarba gol bilan yakunlandi

Superliga 2-turidan o‘rin olgan Andijon – Bunyodkor (5:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ivan Bubalo o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

1:5 hisobida yutqazganimizdan keyin nima deya olaman? Yomon o‘yin ko‘rsatdik. Agar maydonda 11 futbolchi o‘ynaganimizda u qadar yomon natija bo‘lmasdi. Birinchi golni o‘z xatomiz tufayli erta o‘tkazib yubordik. Lekin yomon o‘yin ko‘rsatmayotgandik. Bizda bitta imkoniyat bo‘ldi. Gol ura olmadik. Keyin muvozanatni tikladik. Qizil kartochkadan keyin o‘yin boshqa tomonga o‘zgarib ketdi. Chetlatilishdan bir daqiqadan keyin standartdan gol o‘tkazdik. Qizilqum’ga yutqazganimizdan keyin men aybdor edim. Bugun faqat men emas, futbolchilar ham aybdor. Standart vaziyatida kurashishmadi.

Hozir hech nima ayta olmayman. Har bir berilgan zarba gol bo‘ldi. Omadimiz kelmadi. Himoyachilarimiz juda yomon o‘ynashdi. Agar, imkoni bo‘lganida hammasini o‘zgartirardim. Agar, shunday natija bo‘lganida o‘yinni yosh o‘yinchilar bilan yutqazganimiz yaxshi edi. Chunki yoshi katta futbolchilardan ko‘ra yoshlarimiz yaxshiroq o‘ynashini ko‘rsatishdi.

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb