Ro‘ziqul Berdiyev: Raqibga ochiq futbol taklif qila olmasdik

Superliga 2-turidan o‘rin olgan Paxtakor – Nasaf (0:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Ikkala jamoa ham tavakkal qilishni istamadi va himoyalanishga intildi. Bugungi bahsda jamoamning o‘yinidan ko‘nglim to‘lmadi. Ushbu o‘yin uchun himoyaviy uslub tanlagan edik. Bugun ko‘plab futbolchilarda xatolar kuzatildi. Darvozabonda ham, qolganlarda ham.

Jamoaning o‘yini barchaga ta’sir qildi deb o‘ylayman. Shu jumladan legionerlarga ham. Ular o‘tgan bahsda g‘alabaga munosib hissa qo‘shgan edilar. Balki, bugungi himoyaviy taktika ularga salbiy ta’sir qilgandir.

Deyarli bir tarkib bilan harakat qilyapmiz va shu sababli raqibga ochiq futbol taklif qila olmasdik.

Paxtakor tarkibida tajribali futbolchilar va yosh o‘yinchilar bor — ularni esdan chiqarib bo‘lmaydi. Ayrim xatolar tufayli ba’zi jabhalarda ustunlikni mezbonlarga topshirib qo‘ydik.

mib
uzcard
cola
apex
bmb