Maksim Shatskix: Paxtakor’da chempionlik ruhi bor

Superliga 1-turidan o‘rin olgan Surxon – Paxtakor (0:3) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Maksim Shatskix matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Bugun yigitlar ko‘rsatmalarni o‘yin davomida bajarishdi. Tayyorgarlik jarayonida ishlanmalarga amal qilishdi. Bu birinchi o‘yin, 3 kundan keyin bizni navbatdagi bellashuv kutmoqda.

Murabbiy tarkibdan qoniqish hosil qilmaydi, hamisha kamchilik topiladi. Rahbariyat oldimizga iqtidorli yoshlar bilan yaxshi ishlash vazifasini qo‘ygan. Shuni bajarish uchun intilamiz. Barcha terma jamoalarda futbolchilarimiz ko‘p. Yoshlarni asta-sekinlik bilan tarbiyalab boramiz, imkoniyat beramiz. Yetakchilar o‘rnini birdaniga to‘ldirib bo‘lmaydi. Ular ketishni xohlashdi, endi yoshlar darajasini o‘stirishga urinamiz.

Bizda chempionlik ruhiyati bor – jamoada, stadionda, klubda. Lekin yoshlar dastlab Paxtakor’ga moslashib, buni tushunib olishlari kerak.

mib
uzcard
cola
apex
bmb