O‘FA hududiy akademiyalaridan 11 tasi Birinchi ligada ishtirok etadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-noyabrdagi “Futbol-ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish hamda xalqaro standartlarga mos keladigan futbol infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-355-son Qarorining 3-ilovasiga muvofiq O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining hududiy futbol akademiyalari faoliyatini 2023-2025-yillarda yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan. 

Mazkur dasturning 11-bandida 2024-yil aprelga qadar mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan hududiy futbol akademiyalarida sport klublarini tashkil qilish, bunda futbol akademiyalarining bitiruvchi futbolchilarini sport klub a’zosiga aylantirish, akademiyalarda Birinchi liga jamoasini tashkil qilish vazifasi belgilangan. 

Mazkur qaror ijrosini ta’minlash ustida ishlagan Liga hududiy akademiyalarning barchasi tarbiyalanuvchilarini MyLeague platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazdi. Endilikda mazkur jarayon uzluksiz davom etishini ta’minlash ko‘zda tutilgan. 

Ayni vaqtga kelib, 14 ta hududiy assotsiatsiyaning 11 tasida Liga o‘tkazadigan Birinchi liga musobaqasida ishtirok etish uchun imkoniyat mavjud. Bular: Andijon, Farg‘ona, Namangan, Toshkent viloyati, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Navoiy, Buxoro, Xorazm, Qoraqalpog‘iston. Mazkur hududiy akademiyalar orasidan Toshkent shahri akademiyasi “Lokomotiv-BFK” bilan hamkorlikda, qolgan akademiyalar esa o‘z qoshida tashkil etilgan sport klubi yordamida Birinchi liga musobaqasida ishtirok eta oladi. 

Birinchi ligani iqtidorli yoshlar o‘zini namoyon etishi mumkin bo‘lgan musobaqaga aylantirish yo‘lida Liga uch mavsumdan buyon mehnat qiladi. Bu kabi qadamlar Birinchi ligadan tor manfaatlar doirasidagina foydalanadigan shaxslar yoki jamoalarni bosqichma-bosqichma tartibga solishga yordam beradi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb