Qiziriq jamoasi Birinchi ligada ishtirok etadi

Surxondaryo mezbonlik qilgan pulka o‘yinlarida viloyat etakchisi sifatida ishtirok etgan Qiziriq yakunda g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi. 

Joriy yilning 10-yanvar kuni Qiziriq vakillari Liga bilan uchrashuvda ishtirok etdi va hozirga qadar O‘zPFL a’zosiga aylanish uchun lozim bo‘lgan talablarni bajarishga erishdi. Shu tariqa Qiziriq Birinchi ligada ishtirok etishga loyiq deb topildi. 

Endilikda Liga mutaxassislari jamoa o‘z uy o‘yinlarini o‘tkazishi ko‘zda tutilgan stadion va boshqa ob’ektlarni o‘rganadi. Bu haqda keyinroq batafsil ma’lumot beriladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb