Aleksandr Stoymirovich: Lokomotiv endi yangi loyiha sifatida shakllanadi

Superliga 1-turidan o‘rin olgan Lokomotiv – Metallurg (2:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar murabbiyi Aleksandr Stoymirovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin borasida nima deyish mumkin? Natijadan qoniqmadim. Raqib imkoniyatlaridan foydalandi. Jamoamiz yangi, qilinadigan ishlar ko‘p. Aytishim kerakki, Lokomotiv – yangi loyiha. Mashg‘ulotlar jarayoni va yoshlar bilan ishlashda mutlaqo yangicha tizim boshladik.

Yig‘inlarda jiddiy va munosib raqiblar bilan nazorat o‘yinlarini o‘ynadik. Ushbu o‘yinlarda yangi taktik sxemalarni sinovdan o‘tkazdik. Bugun Metallurg’ga qarshi yig‘inlar davomida sinalgan uslubimizda o‘ynadik. Yomon o‘ynamadik. Raqib jismonan kuchli edi. Maydon markazida bizga qaraganda yaxshiroq o‘ynashdi. Havodagi to‘plarga egalik qilishdi. Buni biz oldindan bilgandik. Shunga yarasha tayyorgarlik ko‘rgandik. Jamoamiz hali yosh va albatta, yana o‘sadi.

Jamoamizga 15 nafar yangi futbolchi keldi. Albatta, o‘zaro bir-birlari bilan yaxshiroq chiqishib olishlari uchun vaqt kerak. Umumiy kartinada ularning o‘yini menga yoqdi.

Sanjar Tursunov hamda Anzur Ismoilov kabi yetakchi va tajribali futbolchilarning yo‘qligi ham bilindi. Bugun ularning o‘rinlarida to‘p surgan yoshlar menda katta taassurot uyg‘otishdi. Ularda katta potentsial bor.

Laziz Mirzayevda uning yoshidagi boshqa futbolchilarda bo‘lgani kabi holat kuzatilmoqda. Aniqrog‘i, shu yoshdagi futbolchi asosiy tarkibga qo‘shilsa jismoniy holatidagi farq sezilib qoladi. Unda ham shunday holat kechmoqda. Ammo, asta-sekinlik bilan bu jihat ham yaxshi tomonga o‘zgaradi deya olaman.

mib
cola
apex
bmb