Ro‘ziqul Berdiyev: Chempionlik uchun imkonimiz yuqori

Superliga 1-turidan o‘rin olgan Nasaf – Olimpik (2:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Uchrashuvni hujumkor boshladik, ammo taym o‘rtalarida pasayish kuzatildi. Buni mehmonlarning to‘pni yaxshi nazorat qilgani bilan bog‘lasa bo‘ladi. Ikkinchi bo‘limda bir qator o‘zgarishlarni amalga oshirdik va bu g‘alabamiz omili bo‘ldi. Asosiy e’tiborni standart vaziyatlarga qaratgan edik. Bo‘ydor futbolchilarimiz bo‘lishiga qaramay, kutilgan natijani keltirmadi.

Bozorov Al Ayn bilan birinchi o‘yinda jarohat olgan edi va jarrohlik stoliga yotdi. O‘ylaymanki, ikki haftada u safga qaytadi. Kenjaboyevga esa shifokorlar bir oy mashg‘ulotlarda qatnashmasligi kerakligini ta’kidlashgan. Nasrullayev ham jamoamizga yordam bera olmayapti. Imkoniyatdan kelib chiqib, bor futbolchilardan foydalanishga harakat qilyapmiz.

Da Silvani bugun boshlang‘ich tarkibda maydonga tushirmoqchi edik, biroq ob-havo sababli bahs kurashlarga boy o‘tishini inobatga olib, uni zaxirada qoldirdik. U vaziyatlarni o‘zi yarata oladi.

Chempion bo‘lishga imkonimiz bor, tarkibimiz yaxshi. Ammo mehnat qilinmasa, maqsadga erishilmaydi. Bu bizga bosim yuklashi mumkin. O‘ylaymanki, jamoam bunga ruhan tayyor. Chempionlari ligasi bahslari shuni ko‘rsatdiki, potentsialimiz ancha yuqori. Bozorov, Kenjaboyev va Nasrullayev o‘sha bahslarda bizga yetishmadi.

Vaziyatni bir o‘zi hal qiladigan futbolchimiz yo‘q. Bizda bunga imkoniyat yo‘q. Shu sababli jamoaviy o‘yinga e’tibor qaratishimiz lozim. Hamrobekov va Sayfiyevga taklif bilan chiqqan edik, ammo ularni o‘z safimizga qo‘sha olmadik.

mib
uzcard
cola
apex
bmb