Superliga va Proliga klublari tarbiyalanuvchilari haqida

Liga professional futbol klublari poydevoriga jiddiy e’tibor qaratayotgani ma’lum. Superliga va Proliga klubi OFK litsenziyalash talabini bajara olishi lozim. Bunda albatta klub tarbiyalanuvchisi masalasi muhim rol o‘ynaydi. 

MyLeague platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan futbol klublaridagi holat suratda aniq ko‘rsatib o‘tilgan. 5 ta futbol klubi o‘z akademiyasiga ega. Yana 5 ta klub qoshida esa futbol maktabi faoliyat yuritmoqda. 

O‘FA hududiy akademiyalarining teng yarmi o‘z viloyatining asosiy jamoasi bilan hamkorlikda ishlash bo‘yicha uch tomonlama kelishuvga erishdi. Bunda hududiy akademiya hamda professional futbol klubi shartnoma davomida bir tizimda faoliyat olib boradi. Shuningdek, 3 ta klub hududiy futbol maktabi bilan hamkorlikda ishlashga qaror qildi. 

Milliy olimpiya qo‘mitasi qoshida tashkil etilgan Olimpik jamoasi Odil junior futbol maktabi bilan kelishuvga erishgan. Proliga ishtirokchisi bo‘lgan Olimpik Mobiuz esa Toshkent shahridagi hududiy futbol akademiyasi bilan ishlaydi.

5 yillik rivojlanish dasturi asosida o‘z futbol maktabiga ega bo‘lgan futbol klublari uni akademiyaga aylantirish ustida ishlashi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, O‘FA hududiy akademiyalari hamda maktablari bilan hamkorlik qilayotgan futbol klublari ham kelajakda bevosita klub strukturasida bo‘lgan futbol maktabini tashkil etishi lozim. 

Liga esa professional futbol klubi strukturasida mavjud professional va havaskor futbolchilar ro‘yxatini onlayn shakllantirib boradi va shu orqali havaskor futbolchining to professional karerasigacha bo‘lgan yo‘nalishi haqida ma’lumotlar bazasini shakllantiradi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb