Buxoro klubidan transfer taqiqi yechildi

Buxoro klubi futbolchilar bilan hisob-kitob qilgani O‘zbekiston futbolchilari uyushmasi tomonidan tasdiqlandi. Shuningdek, klub Liga oldidagi majburiyatlarini ham bajardi.  

Shundan kelib chiqib, Buxoro futbol klubiga qo‘yilgan transfer taqiqi olib tashlandi. 18-fevraldan boshlab klub MyLeague platformasi orqali yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin. 

Endilikda klub 2024-yilgi xarajatlar smetasini O‘FA bilan kelishishi talab etiladi. Mazkur kelishuv asosida xarajatlar smetasi homiy tashkilot tomonidan tasdiqlangach, klubga Liga ro‘yxatidan o‘tgan yangi futbolchilar litsenziyasi taqdim etiladi. 

Shuningdek, Buxoro klubining keyingi 3 yil uchun mo‘ljallangan rivojlanish dasturi ishlab chiqiladi hamda klubning keyingi faoliyati mazkur dastur asosida tartibga solinadi. Dasturdan Assotsiatsiya hamda Liga talabi asosida klub infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga doir qator bandlar o‘rin oladi. Shu asosda homiy tashkilot tomonidan ajratiladigan mablag‘ning birinchi navbatda dastur asosida yo‘naltirilishi monitoring qilib boriladi.   

Ma’lumot uchun, O‘FA Futbolchilar maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mitasi tomonidan qo‘yilgan taqiq Navbahor, Neftchi, So‘g‘diyona hamda Birinchi liganing 5 ta klubiga nisbatan saqlanib qolmoqda. Ayni vaqtda Navbahor va Neftchi mazkur taqiqni yechish ustida ishlamoqda.

mib
uzcard
cola
apex
bmb