Paxtakor Bo‘riyev va Abdumannopovni o‘z safiga qo‘shib oldi

Paxtakor klubi Andijon-SGSdan Fazliddin Zuhriddinovni o‘z safiga qo‘shib oldi. 19 yoshli futbolchi poytaxtliklar bilan uch yillik shartnoma imzoladi. Shuningdek, o‘tgan mavsumni Olimpik tarkibida o‘tkazgan Abdurauf Bo‘riyev ham sherlar bilan uch yillik kelishuvga erishdi.

Bundan tashqari, so‘nggi mavsum Navbahor tarkibida to‘p tepgan Doniyor Abdumannopov ham 2024-yilda Paxtakor sharafini himoya qiladi. 24 yoshli futbolchi toshkentliklar bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb