Maysaning butun maydon bo‘ylab qoplanganligi darajasi kimda qanday?

Liga 2024-yilgi mavsumda Superliga o‘yinlarini qabul qilishi mumkin bo‘lgan stadionlarni to‘liq o‘rganib chiqdi. Endilikda har bir yo‘nalish bo‘yicha eng yaxshi ball olgan maydonlar ko‘rsatib o‘tiladi. Qator mezonlar bo‘yicha Liga qo‘ygan talablarga javob bermagan stadionlar yakunda Superliga uchun qabul qilinmaydi. 

Maysaning butun maydon bo‘ylab qoplanganligi darajasi bo‘yicha Andijon, Farg‘ona, Jizzax va Qarshidagi stadionlar talabga to‘la javob beradi. Jar, OKMK hamda Namangandagi Markaziy kabi stadionlarda bu ko‘rsatkich 95 foizni tashkil qildi. Umuman olganda 90 va undan yuqori foiz qayd etgan stadionlar bu borada qoniqarli bahoga loyiq ko‘riladi. 

80 foizlik ko‘rsatkich bunda chegara hisoblanadi. Ya’ni, bu holatni bahorga qadar o‘nglash mumkin. Undan past ko‘rsatkich qayd etgan stadionlar esa qoniqarli emas deb hisoblanadi.   

Ma’lumot uchun: Liga qoniqarsiz bahoga loyiq ko‘rilgan stadionlar bo‘yicha alohida umumiy ma’lumot taqdim etadi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb