Coca-Cola Superliga-2023. Yilning eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlar ro‘yxati

Bir necha kun avval Coca-Cola Superligada har oyning eng yaxshilari qay tartibda va kim tomonidan aniqlab borilgani ko‘rsatilgandi. Mana shu ovozlar jamlanmasidan kelib chiqib, yilning eng yaxshisi aniqlanadi. 

Quyida 8 nafar mutaxassis keltirib o‘tilgan. Ular oy davomida kerakli ochkolarni to‘plab keldi. Umumiy ko‘rinishda mazkur mutaxassislar mavsumni turlicha holatda yakunladi. Biroq oy davomida yig‘ib borilgan ochkolar endi muhim rol o‘ynaydi. Oylar davomidagi barqarorlik yoki biror oyni katta muvaffaqiyat bilan o‘tkaza olish eng yaxshi bo‘lishda asosiy omil bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot uchun, 2023-yilgi mavsum davomida Levchenko (mart), Shatskix (aprel), Qosimov (may), Xomyakov (iyun), Levchenko (avgust), Steshevich (sentyabr), Berdiyev (oktyabr), Arslonov (noyabr) kabilar oy murabbiyi sifatida tan olingandi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb