“Andijon-SGS” uchrashuv o‘tkazish tartibini buzgani uchun jazolanadi

Pro liga 18-turidan joy olgan “Sho‘rtan” — “Andisjon SGS” uchrashuvi komissarining bildirgisi asosida mehmon jamoa xatti-harakati O‘FA Tartib-intizom qo‘mitasiga oshiriladi. 

“Superliga va Pro liga reglamenti”ning 16.12-bandiga ko‘ra, uchrashuv rasmiylari orasida liga ro‘yxatidan o‘tgan shifokor zaxira o‘rindig‘idan joy olishi kerak. Aniqlanishicha, “Andijon SGS” jamoasi G‘uzor shahriga shifokorsiz yetib kelgan. Shundan kelib chiqib, Liga komissarini chalg‘itgan holda shifokorni rasmiy qaydnomaga kiritgan hamda shifokorga tegishli litsenziyani Liga ro‘yxatidan o‘tmagan begona shaxsga taqdim etib, uni texnik zonaga kiritgan. Shuningdek, klub murabbiyi Rasuljon Rahmonovga tegishli litsenziya ham begona shaxsga taqdim etilib, u ham texnik zonaga kiritilgan. Liga komissari litsenziyalar va ularning yordamida texnik zonaga kirishga uringan shaxslarni birma-bir solishtirib chiqish jarayonida mazkur holatga oydinlik kiritgan va uni bayonlashtirgan. 

Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Andijon SGS” bosh direktori Islombek Rustamov rahbar sifatida o‘z qo‘li ostidagilarga javobgar ekanligi, biroq “Andijon SGS” jamoasi reglamentning qator talablarini qo‘pol ravishda buzgani va bunday holat O‘FA Tartib-intizom qo‘mitasiga oshirilishi yuzasidan ogohlantirildi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb