“Yangiyo‘l” jamoasi Birinchi liga qatnashchilari safidan chiqarildi

Toshkent viloyati futbol akademiyasi qoshida tashkil etilgan “Yangiyo‘l” futbol jamoasi “Birinchi liga reglamenti”ning 9.8-bandi asosida Liga qatnashchilari safidan chiqarildi.  

“Yangiyo‘l” Birinchi liganing 14-turi doirasidan o‘rin olgan “Nasaf-farm”ga qarshi uchrashuv uchun tashrif buyurmaganidan kelib chiqib, jamoaga 0:3 hisobida texnik mag‘lubiyat yozilgandi. 16-turga kelib akademiya jamoasi “Bunyodkor-farm” bilan o‘yinda ishtirok etmadi va ikkinchi bor texnik mag‘lubiyatga loyiq ko‘rildi. 

“Birinchi liga reglamenti”ning 9.10-bandiga ko‘ra, musobaqadan chetlashtirilgan jamoa shu musobaqa doirasida qancha uchrashuv o‘tkazganidan qat’iy nazar uning barcha natijalari bekor qilinadi. Ogohlantirish va chetlashtirishlar esa o‘z kuchida qoladi. Shundan kelib chiqib, Liga Birinchi liga turnir jadvalini qayta shakllantiradi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb