O‘zbekiston kubogi. 5-avgust kuni chorak finalga qur’a tashlanadi

Bugun — 2-avgust sanasida O‘zbekiston kubogi 1/8 finalidan joy olgan beshinchi uchrashuv g‘olibi ham aniqlanadi. Oldinda bizni yana 3 ta bellashuv kutib turibdi. 

Shunga qaramay, Liga chorak final uchun 5-avgust kuni qur’a tashlaydi. Shu kuni Coca-cola Superliga 15-turidan joy olgan uch bellashuv bo‘lib o‘tadi va ular bir vaqtda — 20:00 da start oladi. Mazkur bellashuvlarning tanaffusi vaqtida chorak final qur’asi “Sport” telekanalida jonli namoyish etiladi. 

Reglamentga ko‘ra, chorak final ishtirokchilari qur’a oldidan teng huquqli bo‘lib, bunda ular hech qanday savatlarga ajratilmaydi. Biroq chorak finalni safarda o‘tkazib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan kamida ikki jamoada yarim finalni o‘z maydonida qabul qilish imkoniyati bo‘lishi mumkin.

mib
uzcard
cola
apex
bmb