Shuhrat Toshpo‘latov: “So‘g‘diyona” yaxshi taassurot qoldirdi

Coca-Cola Superliga 12-turidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” – “Nasaf” (1:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar ustozi Shuhrat Toshpo‘latov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Tomoshabop uchrashuv guvohi bo‘ldik. “So‘g‘diyona” yaxshi taassurot qoldirdi. Jizzaxliklar qatorasiga to‘rtta bahsda g‘alaba qozonib kelayotgan edi. Shu sabab bellashuvga jiddiy tayyorlandik.

Ilk daqiqalarda o‘z darvozamizdan to‘p olib chiqqan bo‘lsa ham, tushkunlikka tushmasdan hisobni o‘zgartira oldik. O‘yin biz kutgandek o‘tmadi, shunday bo‘lsada, natijaga erishdik va 3 ochkoni qo‘lga kiritdik.

mib
uzcard
cola
apex
bmb