O‘zbekiston kubogi. Saralashda 8 ta jamoa ishtirok etadi

7-mart kuni O‘zbekiston kubogining guruh bosqichiga qur’a tashlangan bo‘lib, unga ko‘ra A hamda F guruhlarining to‘rtinchi jamoasi saralash o‘yinlari orqali aniqlanishi aytilgandi. A guruhidan “Andijon-SGS”, “G‘ijduvon” va OKMK klublari joy olgan bo‘lsa, F guruhini “Andijon”, “Olimpik” hamda “Navbahor” tashkil qilib turibdi. 

Guruh bosqichining so‘nggi ikki yo‘llanmasi uchun Birinchi liganing sakkiz jamoasi kurash olib boradi: “Jayxun” (Qoraqalpog‘iston), “Nurafshon” (Buxoro), “Qumqo‘rg‘on” (Surxondaryo), “Jizzax” (Jizzax), “Yangiyo‘l” (Toshkent viloyati), “Olimpiya” (Toshkent), “Chig‘atoy” (Toshkent), “Tsementchi” (Farg‘ona). Guruh bosqichiga yo‘llanma olish uchun mazkur jamoalardan ketma-ket ikki uchrashuvda zafar quchish talab etiladi. 

Ertaga — 15-mart kuni saralash o‘yinlariga qur’a tashlab beriladi. Unga ko‘ra, I bosqichda sakkiz jamoa o‘zaro to‘rt juftlik hosil qiladi. Bellashuvlar 24-mart kuni bo‘lib o‘tadi. G‘olib to‘rt jamoa II bosqichda yana ikki juftlik hosil qiladi va har ikki bellashuv g‘oliblari mos ravishda guruh bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

2023-yilgi O‘zbekiston kubogining final uchrashuvi Qarshi shahrida bo‘lib o‘tadi. Reglament asosida saralash o‘yinlariga Toshkent shahri mezbonlik qiladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb