Los-Anjeles Olimpiadasi yo‘lida “Olimpik-farm” jamoasi tuzildi

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi o‘zaro kelishgan holda “Olimpik” futbol klubi qoshida “Olimpik-farm” jamoasini tashkil etdi. Assotsiatsiyaning Ligaga taqdim etgan xatiga ko‘ra, mazkur jamoa safida 2005 hamda undan keyingi yillarda tug‘ilgan futbolchilar to‘p suradi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad 2028-yil Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadaga tayyorgarlik ko‘rish hisoblanadi.

Shu asosda assotsiatsiya “Olimpik-farm” jamoasini Birinchi liga qatnashchilari safiga qo‘shishni maqsadga muvofiq deb topdi. Jamoani yaqinlashib kelayotgan mavsumga Farhod Nishonov tayyorlaydi.

Ma’lumot uchun, Farhod Nishonov O‘zbekiston U18 terma jamoasi bosh murabbiyi hisoblanadi. Mazkur mutaxassis 2022-yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra yilning eng yaxshi yosh murabbiyi sovriniga loyiq ko‘rilgandi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb