Liga oyning eng yaxshilarini aniqlash mexanizmini o‘zgartirdi

Liga har oy yakunlariga ko‘ra eng yaxshi murabbiy, futbolchi va golni aniqlab keladi. Yakunda ovoz berishlar yilning eng yaxshilarini aniqlashga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

So‘nggi ikki mavsum davomida bir xil tizimdan foydalanildi. Unga ko‘ra, oyning eng yaxshilarini aniqlashda uch xil subyekt ishtirok etib kelayotgandi:

 

a) 14 ta klub bosh murabbiy va sardorlarining ovozi;

b) 5 ta sport nashrining ovozi;

c) futbol muxlislarining ovozi.

 

Futbol muxlislari Liga rasmiy sahifalari orqali eng yaxshilarga ovoz berib keldi va bu bitta umumiy ovoz sifatida qabul qilindi. Shuningdek, “Sport” telekanali, “Championat.asia”, “Sports.uz”, “Tribuna.uz”, “Stadion.uz” kabi nashrlarning har birining ovozi alohida ahamiyat kasb etgan. Qo‘shimchasiga, Superliga bosh murabbiylari va sardorlari ovoz berishda bevosita ishtirok etgan. Mana shu ovozlarning umumiy ko‘rinishi orqali oy futbolchi, murabbiyi va goli aniqlangan.

Liga shaffoflikni ta’minlash maqsadida har oy yakunida murabbiylar, futbolchilar, nashrlar kimga ovoz berganini e’lon qilib bordi. O‘rganishlar natijasi shuni ko‘rsatdiki, klublar yoki ularda faoliyat olib borayotgan ayrim shaxslarning o‘zaro munosabati ovoz berishga ham ta’sir ko‘rsatib, yakuniy natijada chalkashliklarga sabab bo‘lgan vaziyatlar ham kuzatildi. Shu va boshqa faktorlarni inobatga olgan holda Liga o‘z musobaqalarini muntazam kuzatib boradigan neytral shaxslar ro‘yxatini tuzib chiqdi hamda ovoz berishda ularning yordamidan foydalanishga qaror qildi. Biz bunda musobaqalarni bevosita sharhlab borayotgan, tahlil qilayotgan, mutaxassis sifatida kuzatayotgan va albatta biror klubda faoliyat olib bormayotgan kishilarga e’tibor qaratishni lozim topdik. Ular orasidan kimdir keyinchalik biror klub tizimida ish boshlasa, u avtomatik ravishda mazkur ro‘yxatdan chiqariladi. Unga qadar esa eng yaxshilarni aniqlab berishga o‘z ovozi bilan hissa qo‘shadi.

Ro‘yxat quyidagicha:

Orif Tolipov — Sport-TV

Xayrulla Hamidov — Sport-TV

Zuxriddin Qilichev — Sport-TV 

Otabek Jo‘rayev — Sport-TV

Abdulla Nurmonov — Sport-TV

Narzulla Saydullayev — Championat.asia

Tolib Qosimov — Championat.asia

Faxriddin Ro‘ziyev — Sports.uz

Azamat Umarov — Sports.uz

Yaxyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev — Sports.uz

O‘tkir Jalolxonov — Tribuna.uz 

Shahboz Beg‘amov — mustaqil kuzatuvchi

Zohid Akramov — mustaqil kuzatuvchi

Kamoliddin Murzoyev — O‘zbekiston futbolchilari uyushmasi

Islom Inomov — O‘zbekiston futbolchilari uyushmasi

Azamat Abduraimov — TShFA vitse-prezidenti 

Baxtiyor Shirinov — O‘FA mutaxassisi (statistika)

Baxtiyor Dadamatov — O‘FA mutaxassisi (murabbiylik ta’limi)

Ravshan Haydarov — U20 O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi 

 

Liga ovoz berish mumkin bo‘lgan da’vogarlarni aniqlashda O‘zbekiston kubogi uchrashuvlarini ham inobatga oladi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb