O‘zbekiston va Qirg‘iziston futbol ligalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Qirg‘iziston Professional futbol ligasi ijrochi direktori Kanat Asenov hamda O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston mezbonlik qilayotgan U20 Osiyo kubogi doirasidan o‘rin olgan Qirg‘iziston U20 hamda Saudiya Arabistoni U20 termalari o‘yini oldidan tashkil etilgan uchrashuvda har ikki mamlakat professional futbol klublari ishtirok etishi mumkin bo‘lgan Liga kubogi musobaqasi yuzasidan fikr almashildi.

Ma’lumot uchun, 2022-yilda Liga vakillari Tojikistonning Dushanbe shahrida Tojikiston ligasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazgandi. Rejaga ko‘ra, shu yilning kuz oyida mavjud bo‘lgan FIFA kunlari doirasida klublar ishtirokida xalqaro o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil etilishi mumkin. Bu bora-bora rasmiy musobaqaga asos solinishi uchun xizmat qiladi.

Tez orada O‘zbekiston Professional futbol ligasi o‘z taklifini Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston ligalariga taqdim etishni rejalashtirgan. O‘z navbatida barcha ligalar bu borada klublar bilan fikr almashishi ko‘zda tutilgan. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb