Pulkada muvaffaqiyatli qatnashgan “Jizzax Zvezda Bo‘ston” Birinchi ligada ishtirok etadi

“Jizzax Zvezda Bo‘ston” futbol jamoasi shu yilning 27-yanvar kuni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Unga qadar jamoa 2022-yil havaskor jamoa sifatida “Jizzax shahar” nomi bilan viloyat futbol assotsiatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan Ikkinchi liga musobaqasida to‘p tepgan.  

Jizzaxliklar o‘tgan yilning 5-16-dekabr kunlari Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan Birinchi ligaga o‘tish musobaqasida 3-o‘rinni band etgandi. Shu asosda jamoa Liga bilan aloqa o‘rnatdi hamda musobaqa qatnashchisi uchun qo‘yilgan minimal talablarini bajardi. 

“Jizzax Zvezda Bo‘ston” Jizzax shahar hokimligi va homiylik mablag‘lari asosida moliyalashtiriladi. Jamoa 2023-yilgi mavsum davomida Jizzax viloyati BO‘FA stadionidan foydalanishni rejalashtirgan.

mib
uzcard
cola
apex
bmb