7-fevral kuni Superliga-2023 uchun qur’a tashlanadi

Superliga futbol klublari yangi mavsumni qaysi stadionda boshlashi ma’lum bo‘ldi. U20 Osiyo kubogining parallel start olishi chempionat uchun qator noqulayliklar keltirib chiqarishi tabiiy. Liga ularga aniq yechimlar topish ustida ish olib boryapti. 

Rejaga ko‘ra, Superliganing yangi mavsumi 3-mart kuni start oladi. “Nasaf” Chempionlar ligasida ishtirok etishidan kelib chiqib, O‘zbekiston Superkubogi o‘yini Superliga starti oldidan emas, balki 14-mart kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgandi. Ammo O‘zbekiston milliy terma jamoasining mart oyi uchun rejasidan kelib chiqib, Superkubok sanasi yana o‘zgarishi mumkin. Bu haqda keyinroq batafsil ma’lumot beriladi.  

7-fevral kuni esa Superliga yangi mavsumiga qur’a tashlanadi. Jarayon 21:00 dan boshlab “Sport” telekanali orqali jonli efirga olib chiqiladi. 

U20 Osiyo kubogidan kelib chiqib, Liga qur’a oldidan futbol jamoatchiligi e’tiborini quyidagi masalaga qaratadi. Mart oyidagi FIFA kunlariga qadar “Neftchi”, “Bunyodkor”, AGMK yoki “Olimpik” futbol klublari o‘zaro to‘qnash kelib qolsa, katta ehtimol bilan ular ishtirokidagi o‘yinlar boshqa sanada o‘tkaziladi. Mazkur jamoalar dastlabki turlar davomida uy uchrashuvlarini boshqa klublarga qarshi o‘tkazishiga to‘g‘ri kelsa, mazkur bellashuvlar avtomatik ravishda raqib maydoniga ko‘chiriladi. Qolgan barcha holatga qur’a jarayonida batafsil tushuntirish beriladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb