ENG ZO‘R Uz Football Awards-2022 taqdirlash marosimi o‘tkazildi va unda yilning eng yaxshilari aniqlandi

O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston Professional futbol ligasi yil yakunlariga bag‘ishlangan ENG ZO‘R Uz Football Awards-2022 taqdirlash marosimini o‘tkazdi.

Unda quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha yilning eng yaxshilari aniqlandi va ularga maxsus sovrinlar topshirildi.


O‘zbek futboli nuroniysi — Birodar Abduraimov

O‘zbek futboli haqida so‘z ketganida birinchi bo‘lib tillarda doston Birodar Abduraimov ko’z oldimizga keladi. Bu inson qutlug‘ 80 yoshni qarshi olish arafasida turibdi. U yillar davomida O’zbekiston futboli, ayniqsa, Paxtakor futbol klubi tarixi uchun ko’plab sahifalar yozishga ulgurdi. 

Katta avlod Birodar akaning o‘qdek zarbalari, takrorlanmas driblinglari-yu tezligini juda yaxshi eslaydi.


Fidoyilik ramzi — Anvar Ohunov

Bu insonni vodiy ahli yaxshi taniydi. Biz uni Qo‘qon ovozi sifatida hurmat qilamiz. 70 yoshga qarab ketayotgan Anvar Ohunov qariyb 35 yildan buyon qo‘qonlik futbol muxlislari, Qo‘qonga tashrif buyurayotgan futbol jamoalari uchun xizmatda deyishimiz mumkin. Qo‘qon-1912, Turon, Neftchi, Do‘stlik Oltiariq kabi jamoalar muxlislari o‘z stadionlarini Anvar akaning ovozisiz tasavvur qila olmaydi.


Yil hakamlari:

Vadim Agishev, Roziyabonu Yusupova


Fair Play:

"Xorazm" futbol klubi


Eng yaxshi yoshlar murabbiyi:

Farhod Nishonov (O‘zbekiston U-19 terma jamoasi)


Yosh yulduz:

Abbosbek Fayzullayev (Paxtakor)


Yilning eng yaxshi futzal murabbiyi:

Bahodir Ahmedov (Jizzax Kenteks)


Yilning eng yaxshi futzalchisi:

Husniddin Nishonov (BMB)


Ayollar Oliy ligasining eng yaxshi murabbiyi:

Vladislav Xan (Sevinch klubi bosh murabbiyi)


Ayollar Oliy ligasining eng yaxshi futbolchisi:

Maftuna Shoyimova (Sevinch klubi futbolchisi)


Ayollar Oliy ligasi to‘purari:

Diyora Xabibullayeva (So‘g‘diyona-W)


Pro liganing eng yaxshi murabbiyi:

Viktor Kumikov (Andijon)


Pro liganing eng yaxshi futbolchisi:

Ro‘zimboy Ahmedov (Buxoro)


Coca-Cola Superliga to‘purari:

Dragan Cheran (Paxtakor)


Coca-Cola Superliga yil murabbiyi:

Ro‘ziqul Berdiyev (Nasaf)


Coca-Cola Superliga yil futbolchisi:

Dragan Cheran (Paxtakor)


Coca-Cola Superliga yil goli: Islomjon Toshpo‘latov (Surxon)


Yilning eng yaxshi ayollar murabbiyi:

Sherali Boboqulov (So‘g‘diyona-W)


Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi:

Mahliyo Sarikova (Sevinch)


Yilning eng yaxshi murabbiyi:

Timur Kapadze (Olimpik)


Yilning eng yaxshi futbolchisi:

Jamshid Iskanderov (Navbahor)


O‘zbekiston Professional futbol ligasi Sports.uz  internet-nashri bilan hamkorlikda o‘tgan mavsum U14 va U16 Chempionati uchrashuvlarini jonli efirga olib chiqqan edi. Bu mavsum esa ushbu hamkorlik doirasi kengaygan holda U21 Chempionati va ayollar Oliy ligasining markaziy bellashuvlarini You Tube orqali translyatsiya qilishda jonbozlik ko‘rsatgan Sports.uz sayti rahbari Azamat Umarov hamda yil davomida o‘zbek futbolini keng yoritib borgan, o‘zining betakror dasturlari orqali millionlab auditoriyaga ega bo‘lgan, nafaqat Coca-Cola Superliga, balki Pro liga bahslarini ham yuqori saviyada sharhlab borgan Xayrulla Hamidovga “Yil jurnalisti” mukofoti topshirildi.

Azamat Umarov ayni vaqtda xizmat safari bilan Qatarda bo‘lib turgani bois, sovrinni uning hamkasblari qabul qilib olishdi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb