O‘zbekiston kubogi-W finali: “Bunyodkor-W” – “Sevinch” o‘yini oldidan matbuot anjumani tashkil etiladi

Joriy yilgi mavsumni ko‘tarinki ruhda o‘tkazayotgan “Bunyodkor-W” hamda “Sevinch” jamoalari ayollar jamoalari o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi-2022 finaliga yo‘l oldi. 
Final uchrashuviga Qarshi shahridagi “Markaziy” o‘yingoh mezbonlik qiladi. O‘zbekiston kubogining hal qiluvchi uchrashuvi 5-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi va soat 16:00 da start oladi. 
Final oldidan o‘yinoldi rasmiy mashg‘ulot hamda matbuot anjumani tashkil etiladi. 

Finaloldi rasmiy mashg‘ulotlar “Geolog” stadionida o‘tkaziladi. 4-noyabr kuni soat 15:00 da “Sevinch” jamoasi rasmiy mashg‘uloti start oladi va mashg‘ulot uchun jamoaga 50 daqiqa vaqt taqdim etiladi. Mashg‘ulotning dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq bo‘ladi. “Bunyodkor-W” jamoasining rasmiy mashg‘uloti esa 16:00 da start oladi va mazkur mashg‘ulot ham 50 daqiqa davom etadi. Mashg‘ulotning dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq bo‘ladi.

Shuningdek, 4-noyabr kuni soat 18:00 da “Sevinch” vakillari ishtirokida va 18:30 da “Bunyodkor-W” vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi. Matbuot anjumani “Markaziy” stadion asosiy zalida tashkil etiladi va unda har ikki jamoa bosh murabbiylari hamda final o‘yinida boshlang‘ich tarkibdan joy oluvchi ikki nafar futbolchi qizlar ishtirok etadi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb