“Neftchi” jamoasi Vitaliy Levchenkoni bosh murabbiy sifatida ro‘yxatdan o‘tkazdi

Farg‘onaning “Neftchi” klubi Vitaliy Levchenkoni O‘zPFLda bosh murabbiy sifatida ro‘yxatdan o‘tkazdi. 50 yoshli mutaxassis PRO litsenziyasini qo‘lga kiritdi va bugun “Navbahor”ga qarshi bahsda jamoasini bosh murabbiy sifatida maydonga boshlab tushadi.

Vladimir Yejurov esa yordamchi murabbiy sifatida faoliyatini davom ettiradi. Ma’lumot uchun, Levchenkoning farg‘onaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yil so‘nggida yakuniga etadi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb