Ayollar o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi-2022 yarim finaliga bugun qur’a tashlanadi

Bilasiz, 2-oktyabr kuni ayollar jamoalari o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogining chorak final uchrashuvlari o‘tkazildi va yarim final ishtirokchilari nomiga aniqlik kiritildi.

Rejaga ko‘ra, mamlakat kubogi yarim final uchrashuvlari 31-oktyabr kuni o‘tkazilishi lozim edi. Lekin futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi oldindagi FIFA kunlaridan foydalanmasligi ma’lum bo‘ldi. Shuni inobatga olib, musobaqa taqvimida kubok bahslari sanalariga kichik o‘zgarishlar kiritiladi.

Qolaversa, ayollar jamoalari o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogining 1/2 final bosqichiga qur’a tashlash marosimi ham bugun soat 16:30 da tashkil etiladi va O‘zPFLning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali jonli efirga olib chiqiladi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb