“Istiqlol” stadioni futbol uchrashuvlarini qabul qilishga to‘la tayyor

O‘zbekiston Professional futbol ligasi vakillari 29-sentyabr kuni Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida bo‘ldi. 

Shu yilning 23-iyul kuni O‘zPFL “Istiqlol” stadionidagi 15 ta holat bo‘yicha kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan xat chiqargandi. Ayni vaqtga kelib mazkur muammolarning barchasi to‘liq bartaraf etilgan. Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Neftchi” futbol klubi istalgan uy uchrashuvini mazkur arenada qabul qilishi mumkin.

mib
uzcard
cola
apex
bmb