“Zomin U19” texnik mag‘lubiyati klubning Pro ligadagi ishtiroki masalasiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin

Pro liga ishtirokchisi “Zomin” moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgani sir emas. Bu esa tabiiyki klubning U19 jamoasiga ham ta’sir ko‘rsatgan. Jumladan, U19 chempionatining 15-turida jamoa Xorazmga kelmagani oqibatida texnik mag‘lubiyatga loyiq ko‘rilgan. 

7-sentyabr kuni “Zomin U19” o‘z maydonida “Turon” yoshlarini qabul qiladi. Mazkur bellashuv va umuman keyingi turlardagi yana biror bellashuvning “Zomin” klubi tufayli o‘tkazilmasligi jamoaning musobaqadan chetlashtirilishiga olib keladi. Bu esa litsenziyalash talablarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri buzilishi hisoblanadi. 

Avvalroq “Aral samali” futbol klubi U19 jamoasining musobaqadagi ishtirokini ta’minlay olmagandi. Mazkur holatlar klublarning 2023-yilgi mavsumda ham Pro ligada ishtirok etishiga yo‘l bermaydi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb