“Lokomotiv-W” kubok uchrashuvini muddatidan 1 kun avval o‘tkazadi

O‘zbekiston kubogi-W 1/8 final uchrashuvlariga avvalroq qur’a tashlab berilgandi. Musobaqada AGMK futbol klubi ikki jamoasi bilan ishtirok etyapti. Shundan kelib chiqib, AGMK-W II jamoasi ishtirokidagi uchrashuv qolgan jamoalarnikidan bir kun avvalga tayin qilingandi.
 
Endilikda uchrashuv 19-avgust sanasida bo‘lib o‘tishi tasdiqlandi. U23 Osiyo chempionatidan keyin “Lokomotiv” stadionlar bilan bog‘liq muammoga duch kelayotgani sir emas. Shundan kelib chiqib, jamoaning ayollar va U21 jamoalari boshqa maydonlar izlashga majbur bo‘lgan. Mazkur muammolar fonida “Lokomotiv-W” va AGMK-W II o‘zaro kelishgan holda uchrashuvni Olmaliq shahrida tashkil etadigan bo‘ldi. 
 
Avvalroq “Buxoro-W” chorak final yo‘lidagi o‘yinni pulni iqtisod qilish vajidan 16-avgustga surishni so‘ragan va bunga erishgandi. Boisi buxorolik futbolchi qizlar ayni vaqtda Andijonda bo‘lib turibdi. Ular biryo‘la kubok uchrashuvini ham o‘tkazib ortga qaytadi.

O‘zbekiston kubogi. 1/8 final

16-avgust, seshanba 
ANDIJON-W — BUXORO-W 
19-avgust, juma 
LOKOMOTIV-W — AGMK-W II
21-avgust, yakshanba 
BUNYODKOR-W — PAXTAKOR-W
QIZILQUM-W — AGMK-W
NAVBAHOR-W — SEVINCH
METALLURG-W — SURXON-W
DINAMO-W — NEFTCHI-W.
mib
uzcard
cola
apex
bmb