“Jar” stadioni projektorlari yoritish darajasi 2025 lyuksga yetkazildi

Bilasiz, “Jar” stadionida bu yil katta ko‘lamda ta’mirlash ishlari olib borildi. Natijada stadion maydoni va zaxira o‘rindiqlari yangilandi, kiyinish, hakamlar va komissar xonalari qayta jihozlandi, stadion kirish qismida muxlislar uchun yangi turniketlar o‘rnatildi, yangi tablo va audiotizim ishga tushirildi. 

Quvonarli jihati – “Jar” o‘yingohiga yangi projektorlar o‘rnatilib, stadion yoritish tizimi talab darajasiga yetkazildi. 

9-avgust kuni O‘zPFL ishchi guruhi stadion yoritish tizimini o‘lchash ishlarini olib bordi. O‘lchash natijalariga ko‘ra, “Jar” stadioni projektorlari yoritish darajasi 2025 lyuksni tashkil etdi. 

Ayni paytda yangi o‘rnatilgan projektorlarni yakuniy sozlash ishlari to‘liq tugallanmagan, yorug‘lik maydonning barcha nuqtalariga, xususan chekka va darvoza atrofiga teng taqsimlanayotgani yo‘q. Bu esa tomoshabinlar va teletranslyatsiya uchun qiyinchiliklar yuzaga keltirishi mumkin. Bu borada “Olimpik” futbol klubi xabardor qilindi va so‘nggi sozlash ishlari keyingi turga qadar yakunlanishi belgilandi. 

Eslatib o‘tamiz, yaqindagina “Buxoro” va “Sho‘rtan” klublari uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan stadionlarda ham yoritish tizimi yaxshilangan edi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb