10-avgust kuni O‘zbekiston kubogi-W 1/8 finaliga qur’a tashlanadi

21-avgust kuni ayollar o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogining 1/8 final uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Mazkur bosqichga 10-avgust kuni qur’a tashlanadi. 

Reglamentga ko‘ra, 1/8 finalda Oliy liganing 9 ta hamda Birinchi liganing 5 ta jamoasi ishtirok etadi. Amaldagi kubok sohibi sifatida “So‘g‘diyona-W” musobaqadagi ishtirokini ¼ finaldan boshlaydi. 1/8 finalda jami 14 ta klub o‘zaro 7 ta juftlik hosil qiladi. Bir o‘yindan iborat pley-off bosqichi g‘oliblari ¼ final chiptasiga ega chiqadi. 

O‘zbekiston kubogi musobaqasida farm jamoa bo‘lishiga qaramay, AGMK II ham qatnashadi. Qur’a davomida mazkur klubning asosiy va farm jamoalari o‘zaro to‘qnash kelmasligi ta’minlanadi. 

Qur’a tashlash soat 11:00 da bo‘lib o‘tadi va u O‘zPFL tarmoqlari orqali jonli efirga olib chiqiladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb