Ayollar futboli: Solixa Husniddinova “Kojaeli Bayan”dan “Sevinch”ga o‘tdi, jamoa yana uch nafar legionerni qo‘shib oldi

Qarshining “Sevinch” jamoasi joriy mavsumda chempionlik an’analarini davom ettirishni maqsad qilgan. Ikki haftalik tanaffusdan so‘ng 4 iyundan mashg‘ulotlarga kirishgan jamoa kuniga ikki mahaldan o‘zining “Geolog” bazasida shug‘ullanishni davom ettiryapti. Jamoaning yetakchilari ayni paytda milliy terma jamoa tarkibida Tojikistonda o‘tkazilayotgan KAFA turnirida ishtirok etyapti.  

“Sevinch” o‘z tarkibini davralar oralig‘ida kuchaytirishga katta e’tibor qaratdi. Natijada “Nasaf” klubining bosh homiysi – “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MChJ  rahbariyatining bevosita qo‘llab-quvvatlashi evaziga o‘z tarkibiga uch nafar legioner futbolchini qo‘shib oldi.

Bular hindistonlik Dangmei Greys (26 yoshli markaziy yarim himoyachi, mamlakatning turli  yoshdagi ayollar terma jamoalarida to‘p surgan, milliy terma jamoa a’zosi, “Sevinch”da 15-raqamda maydonga tushadi); ganalik Mumuni Fuseina (21 yoshli hujumchi, Gana va Iordaniya klublarida o‘ynagan, mamlakatning turli yoshdagi ayollar terma jamoalarida to‘p surgan, 17 va 20 yoshlilar o‘rtasidagi jahon chempionatlari ishtirokchisi, mamlakat milliy terma jamoasi a’zosi, o‘tgan mavsumda “So‘g‘diyona-W” tarkibida chempionat oltin medalini qo‘lga kiritgan, “Sevinch”da 7-raqam ostida maydonga tushadi); kamerunlik Njolle Alvine Ngonja (28 yoshli markaziy himoyachi, Kamerundan tashqari Belarusning “Dinamo” jamoasida o‘ynagan, mamlakatning o‘smirlar, yoshlar va milliy terma jamoalari  sharafini himoya qilgan, “Sevinch”da 4-raqamda maydonga tushadi).

 

Shuningdek, “Bunyodkor” jamoasida chempion va kubok sohibi bo‘lgan, bir yildirki faoliyatini Turkiyaning “Kojaeli Bayan” klubida davom ettirgan Soliha Husniddinova ham “Sevinch” vakiliga aylandi va shu yilning 31 dekabriga qadar shartnomaga imzo chekdi. “Kojaeli Bayan” 24 jamoa qatnashadigan mamlakat ayollar chempionatida 11-o‘rindan joy oldi.  

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb