Futbol muxlislari va jamoatchiligi ishtirokida Football UzQuiz tashkil etiladi

O‘zbekiston Professional futbol ligasi UzQuiz ijodkorlari bilan hamkorlikda Football UzQuiz tashkil etishga qaror qildi. Unda futbol jurnalistlari va muxlislari ishtirok etadi. 

Rejaga ko‘ra, Superliga va Pro liga futbol klublari qoshidagi muxlislar klubi o‘z suyukli jamoasi nomidan loyihada ishtirok etadi. Shuningdek, O‘zPFL jamoasi ham muxlislar bilan birgalikda futboldagi bilimlarini sinab ko‘radi. Soha rivoji yo‘lida mehnat qilayotgan OAV ham loyihada ishtirok etish uchun taklif etilgan. 

Dastur 15-iyul sanasida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soati va aniq manzili haqida aniq ma’lumot keyinroq beriladi. Ayni vaqtda futbol klublari 6-10 nafardan iborat o‘z muxlislar jamoasini O‘zPFLga taqdim etishi kerak bo‘ladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb