Ayollar Birinchi ligasi. AGMK-W II va “Buxoro-W” 5-turni g‘alaba bilan yakunladi

Ayollar Birinchi ligasining 5-turida AGMK-W II o‘z uyida “Andijon-W”ni qabul qildi va 6:0 hisobida g‘alaba qozondi. “Buxoro-W” klubi esa “Dinamo-W” jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

Ayollar Birinchi ligasi. 5-tur

25-iyun, shanba

AGMK-W II — ANDIJON-W 6:0

Termiz. “Alpomish” stadioni. 17 tomoshabin

Hakamlar: Erkin Mamatmo‘minov, Shuhrat Mirzayev, Anvar Jumayev, Nigora Muhammadiyeva

Nazoratchi: Hasan Pirmatov

Komissar: Shoislom Xolmatov

Gollar: Oydinoy Turg‘unova, 29 (1:0), Parizoda Abdumalikova, 32 (2:0), Ruhshona Olimjonova, 43 pen (3:0), Asalxon Aminjonova, 52 (4:0), Parizoda Abdumalikova, 58 (5:0), Asal Zokirova, 65 (6:0)

Ogohlantirish: Zuhra Tursunaliyeva, 86 — yo‘q.


DINAMO-W — BUXORO-W 0:2

Termiz. "Surxon" stadioni. 22 tomoshabin

Hakamlar: Jahongir Noraliyev, Iskandar Xolmirzayev, Sherzod Oqmurodov, Safar Shaydullayev

Nazoratchi: Jo‘ra Xolmirotov

Komissar: Said Shohruh

Gollar: Farzona Shonazarova, 38 (0:1), Soxibabonu Seytmirova, 56 (0:2)

Ogohlantirishlar: Shahrizoda Hikmatova, 65, Sabina Zarubina, 71, Zarina Jumaqulova, 90+3 — Albina Boboqulova, 90+3.

mib
uzcard
cola
apex
bmb