O‘zPFL va Futbol hakamlari markazi o‘rtasida ilk shartnoma imzolandi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi muassisligida tashkil etilgan O‘zbekiston futbol hakamlari markaziga 15-iyun kuni yangi direktor tayinlangandi. Bugun — 17-iyun sanasida Markaz hamda O‘zbekiston Professional futbol ligasi o‘rtasida Liga musobaqalarida hakamlar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

Shu kunga qadar futbol hakamlari, nazoratchilari hamda VAR mutaxassislarining xizmati uchun haq, shuningdek, ularning yo‘lkira hamda yashash harajatlari O‘zPFL hisobidan qoplanib kelinayotgandi. Endilikda hakamlar faoliyati yagona tuzilmaga birlashtirilganidan kelib chiqib, mazkur masalalar Markaz tomonidan hal etiladi. O‘zPFL esa Liga tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalardagi mazkur harajatlarni shartnoma asosida Markazga o‘tkazib beradi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi esa futbol hakamlarini o‘qitish, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, Markazning tashkiliy-boshqaruv faoliyatini samarali amalga oshirishni ta’minlaydi. Ayni vaqtda mazkur masala O‘FA Ijroiya qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.  

Bundan-buyon nafaqat professional, balki havaskorlar o‘rtasidagi har qanday futbol musobaqalari, o‘rtoqlik uchrashuvlariga futbol hakamlarini jalb qilish Markaz bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb