Oliy liga. Qoldirilgan o‘yinda durang qayd etildi

 

Ayollar Oliy ligasida 7-turdan qoldirilgan “Paxtakor-W” – AGMK-W uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Birinchi bo‘limning qo‘shib berilgan daqiqalari boshida mehmonlar Nilufar Dadajonovaning goli evaziga hisobni ochishdi. Ikkinchi bo‘limning 53-daqiqasida esa olmaliqliklar darvozabonining oldinga chiqib ketganini payqagan Umida Xotamova to‘pni uning ustidan oshirib, bo‘sh darvoza to‘riga tushirdi.  

 

Oliy liga. 7-turning qoldirilgan o‘yini

8 iyun, chorshanba

 

PAXTAKOR-W – AGMK-W – 1:1 (0:1).

Toshkent. “Chilonzor” stadioni. 44 tomoshabin.

Hakamlar: Roziyabonu Yusupova,  Banu Nisanboyeva, Nilufar Gaipnazarova

Nazoratchi: Anvar O‘rinov

Komissar: Oybek Yunusov

Gollar: Umida Xotamova (53) – Nilufar Dadajonova (45+1)

Paxtakor-W”: Fotima Baxriddinova, Madina Xikmatova, Nasiba Xojiyeva, Alisa Zaxarenko, Ro‘zixon Asqarova, Dinara Tagirova, Umida Xotamova, Tojiniso Rashidova, Gulchehra Eshmamatova, Nodira Iskandarova, Kamola Erkinova

AGMK-W: Akilay Sadikova, Darina Fedosenko, Moxiraxon Jo‘raboyeva, Feruza Turdiboyeva, Leyla Oraniyazova, Munisa G‘iyosova (Sevinch Qo‘chqorova, 62), Rushaniya Safina, Shoxida Tojiddinova, Nilufar Dadajonova, Ziyoda To‘lanboyeva, Orasta Tojiboyeva

Ogohlantirishlar: Gulchehra Eshmamatova (45), Tojiniso Rashidova (90+5) – Rushaniya Safina (90+5).

mib
uzcard
cola
apex
bmb