Futzal. BMB liga g‘olibi, “Kogon Oil Star”da oliy liga uchun hali imkoniyat bor

Futzal bo‘yicha Birinchi liga o‘yinlari nihoyasiga yetdi. 15 turdan iborat musobaqaning so‘nggi turiga qadar sovrindorlarning nomi ma’lum bo‘lmaganligi liganing mavqeini isbotladi. Uchinchi o‘rin uchun “Dizak”ning imkoniyati balandroq edi, durang, hatto bitta to‘p farqidagi mag‘lubiyat ham “Dizak”ning foydasiga ishlardi. Uchrashuvning dastlabki olti daqiqasida jizzaxliklar navoiyliklar darvozasiga uchta gol kiritishib, masalani uzil-kesil hal qilib bo‘lgandek edi, biroq “Qizilqum” futzalchilari chinakam matonat ko‘rsatib, o‘yinni talab qilingan ikkita gol farqida o‘z foydasiga hal qilishning uddasidan chiqishdi.

Birinchi va ikkinchi o‘rinlarga kurashgan BMB hamda “Kogon Oil Star” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin ham jiddiy kurashlarga boy bo‘ldi. Teng kuchli jamoalarning bahsida omad toshkentliklarga kulib boqdi. BMB Birinchi liga g‘olibi sifatida Oliy ligaga yo‘llanma oldi. “Kogon Oil Star”da ham hali imkoniyat bor. Furqat Xayrullayev shogirdlari endi Oliy liganing 11-jamoasi – “Dinamo” bilan o‘tish uchrashuvida maydonga tushadi. O‘yinning tartibiga binoan mazkur bahs bir jamoaning ikkita g‘alabasiga qadar davom etadi.  Pley-off uchrashuviga 26-28 may kunlari Jizzax shahri mezbonlik qiladi.

 

Futzal. Birinchi liga.

Toshkent. “Bunyodkor” futbol akademiyasi sport zali. 5-tur.

 

Ikkinchi kun. 22 may, yakshanba

 

QIZILQUM – DIZAK – 5:3 (1:3). 67 tomoshabin.

Hakamlar: Sanjar Nazarov, Oybek Kallaxo‘jayev, Aziz Karimov

Nazoratchi: Sergey Petrov

Komissar: Jamshid Imamov

Gollar: Azizjon Shaharov (18, 28), Jaloliddin Egamov (36, 35), Allayor Sadirov (32) – Suxrobjon Aytboyev (3), Jahongir Narzullayev (5), Nazarbek Usmonov (6)  

Ogohlantirishlar: Allayor Sadirov (16), Azimjon Shamsutdinov (34) – Urozboy Norboyev (9).

 

VMV – KOGON OIL STAR – 3:1 (1:1). 255 tomoshabin.

Hakamlar: Sultonmurod Abdurahmonov, Adham Rixsiboyev, Il\om Abdulakov

Nazoratchi: Baxtiyor Namozov

Komissar: Jamshid Imamov

Gollar: Aziz Mamatov (9), Asli Muhammadiyev (29), Sirojiddin Shokirov (34) – Sohib Narzullayev (15-pen.)

Ogohlantirishlar: Bekzod Amanullayev (14), Fernando De Souza (28), Sunnat Qurolov (36) – yo‘q.

 

FIDOKOR – MASh’AL - -:+.

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb