Futzal. “Jizzax-Kenteks”ga oltin, AGMKga kumush, “Paxtakor”ga esa bronza medallari topshirildi

Sakkiz oy davom etgan futzal bo‘yicha mamlakat chempionatining Oliy liga mavsumi nihoyasiga etdi. Oltin va kumush medallar egalari bir necha tur oldin ma’lum bo‘lib ulgurgan bo‘lsa, bronza medali ham bir tur oldin o‘z egasini “topdi”. Jizzaxliklar 33 o‘yinning 31 tasini o‘z foydalariga hal qilishdi, atigi ikkita uchrashvda mag‘lubiyatga uchradi, durang natija umuman qayd etilmadi. To‘plar nisbati 176-59 ni tashkil etdi. Ikkinchi o‘rin egasi  AGMK 83, uchinchi o‘rin sohibi “Paxtakor” esa 72 ochko to‘plagan holda sovrindorlar qatoridan joy oldi. "Lokomotiv" a’zosi Akbar Usmonov 55 ta gol bilan mavsum to‘purari bo‘ldi. "Jizzax Kenteks" bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov mavsumning eng yaxshi murabbiyi, jizzaxliklar o‘yinchisi Husniddin Nishonov esa eng yaxshi futzalchisi deb topildi.

So‘nggi turning so‘nggi kunida texnik natija ham qayd etildi.  Namanganlik futzalchilar uchrashuv hakamlariga nisbatan qo‘pollik va sportchiga hos bo‘lmagan harakatlari uchun “Metallurg” – “Navbahor” o‘yini  O‘zPFL tomonidan muddatidan avval tugatildi va “Navbahor”ga texnik mag‘lubiyat yozildi. Ushbu holat Tartib-intizom qo‘mitasida ko‘rib chiqiladi.

Futzal.  Oliy liga.

Toshkent. “Yunusobod” universal sport majmuasi. 12-tur.

Uchinchi  kun.  21 may, shanba

STROITELЬ-ZARAFShON – DINAMO – 1:5 (1:2). 34 tomoshabin.

Hakamlar: Ilhom Abdulakov, Aziz Karimov, Ziyovuddin Erkinov

Nazoratchi: Faxriddin Murodov

Komissar: Jamshid Imamov  

Gollar: Odil Xoliqov (3) – Mehroj Xudoyberdiev (3), Timur Salimov (19, 31), Shaxram Faxriddinov (28, 34)

Ogohlantirishlar: Shukurjon Mashrabboev (22), Jasur Haydarqulov (33), Nurali Isaqov (40) – Samandar Berkinov (24)

Chetlatish: Nurali Isaqov (40, ikkinchi sariq) – yo‘q.


LOKOMOTIV – NASAF - 7:2 (3:1). 55 tomoshabin.

Hakamlar: Asqarbay Arzibekov, Husniddin Bahodirov, Adham Rixsiboev

Nazoratchi: Baxtiyor Namozov

Komissar: Jamshid Imamov

Gollar: Dilmurod Shavkatov (3, 17, 34, 37, 40), Ravshanbe Asqarjonov (16), Akbar Usmonov (30) — Sanjarbek Elmamatov (10), Shahboz Choriev (29)

Ogohlantirish: Amirjon Sa’dullaev (20) – yo‘q.


JIZZAX-KENTEKS – NEFTChI - 6:3 (2:2). 213 tomoshabin.

Hakamlar: Sultonmurod Abdurahmonov, Adham Rixsiboev, Asqarbay Arzibekov

Nazoratchi: Baxtiyor Namozov

Komissar: Jamshid Imamov

Gollar: Davron Choriev (9, 11, 36), Dilshod Rahmatov (24), Husniddin Nishonov (31), Farhod Abdumavlonov (33)— Dilmurod Yusupjonov (6), Shuhratbek Rashidov (16, 30)

Ogohlantirishlar: Anasxon Rahmatov (27) – Jahongir Maxsudov (33).

 

METALLURG – NAVBAHOR - +:-.

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb