Futzal. “Paxtakor” bronza medalini qo‘lga kiritdi

Futzal bo‘yicha mamlakat chempionati 12-turining ikkinchi kungi o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Bronza medaliga ikki da’vogardan biri “Lokomotiv” jamoasining AGMKga yutqazib qo‘yishi “Paxtakor” imkoniyatini oshirdi. “Sherlar” bunday imkoniyatdan foydalana olishdi – “Dinamo” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozonishi “Paxtakor”ning chempionatda uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritishini ta’minladi.

 

Futzal.  Oliy liga.

Toshkent. “Yunusobod” universal sport majmuasi. 12-tur.

Ikkinchi  kun.  20 may, juma

 

LOKOMOTIV – AGMK – 4:7 (1:4). 97 tomoshabin.

Hakamlar: Husan Muzaffarov, Jamoliddin Najmiddinov, Asqar Arzibekov

Nazoratchi: Faxriddin Murodov

Komissar: Rustam Zuparov

Gollar: Akbar Usmonov (63, 37), Sarvar Shoahmedov (29), Dilmurod Shavkatov (34-o‘z darv.), Mashrab Odilov (37) – Ravshan Ismatullayev (7), Abdulla Solihov (12), Isaxon Ibragimov (13, 24), Muzaffar Ahadjonov (18-pen.), Abbosbek O‘lmasbekov (36)

Ogohlantirishlar: Sarvar Shoahmedov (19) -  Davron Abdurahmonov (5), Muzaffar Ahadjonov (9), Davlat Ibrohimov (12), Davron Valijonov (36).

 

DINAMO – PAXTAKOR – 1:6 (1:3). 67 tomoshabin.

Hakamlar: Asqar Arzibekov, Farruh Muzaffarov, Husan Muzaffarov

Nazoratchi: Faxriddin Murodov

Komissar: Rustam Zuparov

Gollar: Said Rizo Mirsharofov (20) – Dilshod Irsaliyev (11), Feruz Faxriddinov (17), Muhammad Zoirov (18, 25), Sevastyan Mojayev (25), Akmal Elmurodov (31)

Ogohlantirishlar: Damir Mamadoliyev (29), Muhammad Rajabov (30), Mehroj Xudoyberdiyev (31) – yo‘q.

 

NEFTChI – BUNYoDKOR – 1:3 (0:1). 35 tomoshabin.

Hakamlar: Husniddin Bahodirov, Ziyovuddin Erkinov, Murodxon A’zamjonov

Nazoratchi: Faxriddin Murodov

Komissar: Rustam Zuparov

Gollar: Shuhratbek Rashidov (30) – Umidjon Zayniddinov (17), Mirzohid Haydarxo‘jayev (33), Olimjon Vohidov (36)

Ogohlantirishlar: Javohirbek Sadirov (17), Rashidjon Jabborov (31) – Muhammadbobur Rahmonberdiyev (15).

 

NAVBAHOR – MAKSAM-ChIRChIQ – 6:4 (2:4). 17 tomoshabin.

Hakamlar: Murodxon A’zamjonov, Sanjar Rahmonov, Husniddin Bahodirov

Nazoratchi: Faxriddin Murodov

Komissar: Rustam Zuparov

Gollar: Farhod Shokirov (11, 31), Hakimboy Tojimirzayev (20), Hakimjon Abdurashidov (30), Doniyor Sotvoldiyev (39, 39) – Bekzod Jumaboyev (8, 13), Abdulla Muyassarov (10), Husanxon G‘aniyev (18)

Ogohlantirishlar: A’zam Matvaliyev (16), Burxoniddin Sodiqov (29), Doniyor Sotvoldiyev (34), Islombek Jo‘rayev (39), Abdullo O‘rinboyev (40) – Javlon Anorov (39)

Chetlatish: Yo‘q – Javlon Anorov (39).

 

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb