Futzal. Hali bironta medal egasi ma’lum bo‘lmadi

Futzal bo‘yicha Birinchi liga musobaqasi tugashiga ikki kunlik o‘yinlar qoldi. Lekin hali bironta medal egasining nomi aniq emas. Oltin va kumush medallarga “Oil Star” va VMV jamoalari da’vogarlik qilayotgan bo‘lsa, bronza medal uchun “Dizak” hamda “Qizilqum” jamoalari o‘zaro kurash olib bormoqda. “Fidokor” jamoasining Toshkentga etib kela olmagani sabab “Qizilqum” jamoa texnik g‘alaba bilan “Oil Star”ga mag‘lubiyatga uchragan “Dizak” jamoasiga ochkolar bo‘yicha etib oldi. Endi barcha masalaga yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan so‘nggi turdagi o‘zaro bahslar nuqta qo‘yadi.

 

Futzal. Birinchi liga.

Toshkent. “Bunyodkor” futbol akademiyasi sport zali. 5-tur.

Birinchi kun. 20 may, juma

 

MASh’AL – VMV – 0:16 (0:5). 55 tomoshabin.

Hakamlar: Umid Po‘latov, Adham Rixsiboev, Sanjar Nazarov

Nazoratchi: Sergey Petrov

Komissar: Jamshid Imamov

Gollar: Shaxzodjon Sa’diev (3, 22, 30, 34, 37), Fernandez De Souza (5, 37), Odiljon Asomov (13), Shohruh Salimov (14, 25, 38), Sirojiddin Shokirov (17, 22), Ilhom Ubaydullaev (25), Aziz Mamatov (28, 35)

Ogohlantirish: Yo‘q –yo‘q.

 

DIZAK - OIL STAR – 1:3 (0:0). 67 tomoshabin.

Hakamlar: Jamoliddin Najmiddinov, Sanjar Nazarov, Aziz Karimov

Nazoratchi: Sergey Petrov

Komissar: Jamshid Imamov

Gollar:Jahongir Narzullaev (24) – Ahmadjon Mamadaliev (27), Shuhrat Ahmedov (33), Shohjahon Shonazarov (35)

Ogohlantirishlar: Sunnatullo Darxonov (19) – Doniyor Saidov (22), Bexruz Sa’mipev (22).

 

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb