Ayollar jamoalari o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga O'zbekiston mezbonlik qiladi

O‘tgan yili Iordaniya poytaxti Ammanda ayollar klublari o‘rtasidagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tgandi. Unda O‘zbekiston sharafini – “Bunyodkor-W” ayollar jamoasi himoya qilgan edi.

OFK ayollar klublari o‘rtasida Osiyo chempionati G‘arb mintaqasi uchrashuvlari 20, 23 va 26-avgust kunlari O'zbekistonda bo‘lib o‘tadi. G‘arb mintaqasida yurtimizning amaldagi chempioni – “So‘g‘diyona-W” Hindiston, Eron va Iordaniya chempionlariga qarshi bahs olib boradi.

Chempionatda 2 ta mintaqada jami 8 ta jamoa ishtirok etadi. Sharq mintaqasi mezbon davlatni OFK keyinroq e’lon qiladi.

Ayollar jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o‘tgan mavsumdayoq yo‘lga qo‘yilgan litsenziyalash jarayoni qit’ada ayollar futbolini rivojlantirishga jiddiy e’tibor qaratayotgan OFK tomonidan 2022-yildan boshlab barcha a’zo davlatlarda ham majburiy tartibda tatbiq etiladi.

Shu asnoda 2023-yilda ayollar jamoalari o‘rtasida 8 ta klub ishtirokida ilk na’munaviy Osiyo Chempionlar ligasi tashkil qilinsa, 2024-yildan e’tiboran ayollar jamoalari uchun to‘laqonli OChLga start beriladi va unda faqat litsenziya olgan klublargina ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, 2021-yil yakunlariga ko‘ra O‘zbekistonning “So‘g‘diyona-W” hamda “Bunyodkor-W” jamoalari Osiyo bo‘yicha eng birinchi ayollar klublaridan bo‘lib OFK litsenziyasiga ega chiqishgan.

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb