Ayollar Birinchi liga musobaqasiga qur’a tashlandi

Joriy mavsumda Oliy liga yo‘llanmasi uchun 5 ta jamoa kurash olib boradi: AGMK II, “Buxoro-W”, “Surxon-W”, “Dinamo-W”, “Andijon-W”. Mavsum yakuniga ko‘ra birinchilik g‘olibi Oliy liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Reglamentga ko‘ra, agar AGMK-W asosiy jamoasi Oliy ligadagi o‘rnini saqlab qolsa, u holda AGMK II jamoasi o‘tgan mavsumdagi kabi har qanday holatda ham elita yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmaydi (o‘tgan yili AGMK II jamoasi musobaqa g‘olibi bo‘lgan, lekin Oliy ligaga ikkinchi o‘rin sohibi “Neftchi-W” yo‘llanma olgandi).  O‘tgan mavsum Oliy ligada so‘nggi pog‘onani band etgan “Buxoro-W” bu yil Birinchi ligada to‘p suradi.

Musobaqa formati o‘zgarishsiz qolgan. Bunda uchrashuvlar navbatma-navbat markazlashgan tartibda 5 ta shaharda o‘tkaziladi. Qur’aga ko‘ra shaharlar ketma-ketligi ham aniqlandi: Buxoro (1-2-3 turlar, 6-10 iyun), Termiz (4-5-6-turlar, 23-27 iyun), Andijon (7-8-9-turlar), Samarqand (10-11-12-turlar). So‘nggi turga (13-14-15-turlar) Toshkent mezbonlik qiladi. Jamoalar mavsum yakuniga qadar jami 12 tadan o‘yinda va umumiy 15 ta turda ishtirok etadi.

O‘yinlar taqvimi:

 

1-tur. Buxoro.

6 iyun, dushanba

BUXORO-W – AGMK II-W

SURXON-W – DINAMO-W

ANDIJON-W – dam oladi

 

2-tur. Buxoro.

8 iyun, chorshanba

ANDIJON-W - BUXORO-W

AGMK II-W - SURXON-W 

DINAMO-W– dam oladi

 

3-tur. Buxoro.

10 iyun, juma

DINAMO-W - AGMK II-W

SURXON-W – ANDIJON-W

BUXORO-W – dam oladi

 

4-tur. Termiz.

23 iyun, payshanba

ANDIJON-W – DINAMO-W

BUXORO-W – SURXON-W

AGMK II-W – dam oladi

 

5-tur. Termiz.

25 iyun, shanba

AGMK II-W - ANDIJON-W  

BUXORO-W – DINAMO-W

SURXON-W – dam oladi

 

6-tur. Termiz.

27 iyun, dushanba

AGMK II-W - BUXORO-W  

DINAMO-W - SURXON-W  

ANDIJON-W – dam oladi

 

7-tur. Andijon

BUXORO-W – ANDIJON-W

SURXON-W – AGMK II-W

DINAMO-W – dam oladi

 

8-tur. Andijon.

ANDIJON-W - SURXON-W

AGMK II-W – DINAMO-W

BUXORO-W – dam oladi

 

9-tur. Andijon.

DINAMO-W - ANDIJON-W

SURXON-W – BUXORO-W  

AGMK II-W – dam oladi

 

10-tur. Samarqand.

ANDIJON-W – AGMK II-W

BUXORO-W – DINAMO-W

SURXON-W – dam oladi

 

11-tur. Samarqand.

BUXORO-W – AGMK II-W

SURXON-W – DINAMO-W

ANDIJON-W – dam oladi

 

12-tur. Samarqand.

ANDIJON-W - BUXORO-W  

AGMK II-W - SURXON-W  

DINAMO-W – dam oladi

 

13-tur. Toshkent.

SURXON-W – ANDIJON-W

DINAMO-W– AGMK II-W

BUXORO-W – dam oladi

 

14-tur. Toshkent.

ANDIJON-W – DINAMO-W

BUXORO-W – SURXON-W

AGMK II-W – dam oladi

 

15-tur. Toshkent.

DINAMO-W – BUXORO-W

AGMK II-W – ANDIJON-W

SURXON-W – dam oladi

mib
uzcard
cola
apex
bmb