Birinchi liga-W musobaqasiga 19-may kuni qur’a tashlanadi

Ertaga — 19-may kuni Birinchi liga-W mavsumi uchun qur’a tashlanadi va jarayon O‘zPFL tarmoqlari orqali 11:00 dan boshlab onlayn namoyish etiladi. 

Joriy mavsumda ham Oliy liga yo‘llanmasi uchun 5 ta jamoa kurash olib boradi: AGMK II, “Buxoro-W”, “Surxon-W”, “Dinamo-W”, “Andijon-W”. Mavsum yakuniga ko‘ra birinchilik g‘olibi Oliy liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Reglamentga ko‘ra, agar AGMK-W asosiy jamoasi Oliy ligadagi o‘rnini saqlab qolsa, u holda AGMK II jamoasi har qanday holatda ham elita yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmaydi. 

Musobaqa formati o‘zgarishsiz qolgan. Bunda uchrashuvlar navbatda-navbat markazlashgan tartibda 5 ta shaharda o‘tkaziladi: Termiz, Samarqand, Buxoro, Andijon. So‘nggi turga Toshkent mezbonlik qiladi. Qolgan 4 ta shahar ketma-ketligi qur’a yordamida aniqlab olinadi. Shu tariqa jamoalar mavsum yakuniga qadar jami 12 tadan o‘yinda va umumiy 15 ta turda ishtirok etadi. 

Rejaga ko‘ra dastlabki uch tur uchrashuvlari 6-10-iyun kunlari, keyingi uchlik uchrashuvlari esa 23-27-iyun sanalarida bo‘lib o‘tadi.

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb