Futzal. “Jizzax-Kenteks” chempionlikka juda yaqin keldi

Futzal bo‘yicha mamlakat chempionatining 11-tur to‘rtinchi kungi bahslar davom ettirildi. “Jizzax-Kenteks” jamoasi “Metallurg”ni mag‘lub etdi va chempionlikka juda yaqin keldi. Muhimi, jizzaxliklar tarkibida to‘p surgan viloyat hokimi Ergash Salievning penaltisini bekobodliklar darvozaboni mohirlik bilan qaytarishga erishdi.

 

Futzal.  Oliy liga.

Jizzax. “So‘g‘diyona” sport majmuasi. 11-tur.

To‘rtinchi  kun.  7 may, shanba

 

NEFTChI – MAKSAM-ChIRChIQ – 2:7 (0:1). 78 tomoshabin.

Hakamlar: Asqarbay Arzibekov, Farruh Muzaffarov, Jahongir Allayev

Nazoratchi: Oleg Dachev

Komissar: Jamshid Imamov

Gollar: Jahongir Maxsudov (23, 27) – Timur To‘raqulov (18),  Bekzod Jumaboyev (26), Botirbek Rizayev (30, 34), Husan G‘aniyev (30, 36), Javlon Anorov (35)

Ogohlantirishlar: Yo‘q – yo‘q.

 

METALLURG -  KENTEKS (Jizzax) – 3:5 (0:2). 83 tomoshabin.

Hakamlar: Umid Po‘latov, Adham Rixsiboyev, Jamoliddin Najmiddinov

Nazoratchi: Oleg Dachev

Komissar: Jamshid Imamov

Gollar: Sanjar Ziyoxonov (27, 39, 40) –  Davron Choriyev (15, 30, 31), Ilhom Hamroyev (16), Dilshod Rahmatov (27)

Ogohlantirishlar: Akmaljon Ma’rifaliyev (15), Sanjar Ziyoxonov (39) – Husniddin Nishonov (4).

 

BUNYoDKOR – NAVBAHOR – 5:3 (2:1). 32 tomoshabin.

Hakamlar: Husan Muzaffarov, Ziyovuddin Erkinov, Jahongir Allayev

Nazoratchi: Sherqul Allayev

Komissar: Jamshid Imamov

Gollar: Olimjon Vohidov (6), Mirzohid Haydarxo‘jayev (15, 23), Xurshid Najimov (32, 34) – Farhodjon Shokirov (7), Doniyor Sotvoldiyev (22), Burxoniddin Sodiqov (39)

Amalga oshirilmagan penalti: Muhammadbobur Rahmonberdiyev (18, “Bunyodkor”)

Ogohlantirishlar: Islom Salimov (9) – Dovudxon Sadriddinov (15), Burxoniddin Sodiqov (29).

 

 

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb