Oliy liga. Uchta yirik natija va bitta durang qayd etildi

Ayollar oliy ligasida navbatdagi 5-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Besh uchrashuvdan uchtasida yirik natijalar qayd etildi, “So‘g‘diyona-W” safarda “Metallurg-W” jamoasini 11:1 hisobda mag‘lub etib, eng katta ko‘rsatkichni hosil qildi. “Qizilqum-W” o‘z maydonida “Paxtakor-W” jamoasiga yutqaza turib, o‘yin tugashiga uch daqiqa qolganida hisobni tenglashtira oldi. Shu tariqa 5-turdan keyin “Bunyodkor-W” 15 ochko bilan peshqadamlik qilyapti, “So‘g‘diyona-W” va “Sevinch” jamoalarida 13 tadan ochko bor. Turnir jadvalining eng quyi pog‘onasini “Navbahor-W” jamoasi 1 ochko bilan “band” etib turibdi.  

 

Oliy liga. 5-tur

4 may, chorshanba

 

LOKOMOTIV-W – SEVINCh – 0:5 (0:2)

Toshkent. TTYMI stadioni. 37 tomoshabin.

Hakamlar: Edita Mirobidova, Zulhumor Ortiqboeva, Mohirabonu Muralieva

Nazoratchi: Qahramon Yo‘ldoshev

Komissar: Akmal Qoraboev

Gollar: Nilufar Qudratova (9, 85), Maxliyo Sariqova (37), Malika Burxonova (58), Saida Galimova (77)

“Lokomotiv-W”: Kamila Yumangulova (Shoxida Fayzullaeva, 46), Sitora Pirnazarova, Shahzoda Jamolova, Jesika Kruchinina, Mahliyo Nazarqulova, Oysara Suyunova, Zebiniso Halimova, Omadxon Sultonova (Maxzuna Abdukarimova, 71), Noila Yo‘ldosheva, Laylo Tosheva, Shodiyabonu Eshmurodova (Maftuna Jo‘raeva, 46)

 “Sevinch”: Maftuna Jonimqulova (Sevara Nurullaeva, 80), Laylo Tilovova, Maftuna Shoyimova, Saida Galimova, Gulzoda Amirova, Yulduz Shodieva, Shodiya Tosheva (Zarina Norboeva, 63), Lianna Narbekova (Nargiza Eshtemirova, 43), Malika Burxonova, Nilufar Qudratova, Mahliyo Sarikova (O‘g‘iloy Saydullaeva, 80)

Ogohlantirish: Yo‘q – Gulzoda Amirova (39.

 

METALLURG-W – SO‘G‘DIYoNA-W – 1:11 (1:5).

Bekobod. “Metallurg” stadioni. 74 tomoshabin.

Hakamlar: Erlan Nurjanov, Manzura Mangetbaeva, Sarbinaz Baltaeva

Nazoratchi: Shuhrat Bozorov

Komissar: Feruzbek G‘aniev

Gollar: Farichehra Abduvohidova (11) –

“Metallurg-W”: Ruxshona Ergasheva (Madina Orziqulova, 77), Muxlisa Mirzayorova, Diyora Jo‘raboeva, Farichehra Abduvohidova, Aynur Daulbaeva, Zarina Boboeva, Durdona Alieva (Charosxon G‘anieva, 28), Guljamol Normatova (Dinara Sadaqulova, 46), Shaxnozabonu Yusupova, Barchinoy Eshmurodova (Nazima Qasimbekova, 46), Nilufar Turg‘unboeva (Ruxshona Saidabbosova, 77)

“So‘g‘diyona-W”: Nigora Uzganova (Kumushoy G‘ulomova, 46), O‘g‘iloy Qo‘chqarova (Nafisa Nabiqulova, 57), Iroda Turdalieva, Nozima Kamoltoeva, Dildora Ergasheva (Shaxnoza Qurbonova, 57), Maftuna Panjieva (Natia Daneila, 66), Tanzila Zarbieva (Sarvinoz Komiljonova, 46), Xolida Dadaboeva, Diyoraxon Xabibullaeva, Feruza Boboxo‘jaeva, Zarina Mamatkarimova

Ogohlantirishlar: Diyora Jo‘raboeva (72), Ruxshona Saidabbosova (81) – yo‘q.

 

BUNYoDKOR-W – NEFTChI-W – 3:1 (0:0)

Toshkent. “Bunyodkor” futbol akademiyasi maydoni. 52 tomoshabin.

Hakamlar: Anna Sidorova, Marjona Rahmatqulova, Shahlo Abilova

Nazoratchi: Shuhrat Egamberdiev

Komissar: Shohruh Said

Gollar: Kamola Risqieva (51-pen.), Lyudmila Karachik (52), Ilvina Ablyakimova (90+1) – Gulchehra A’zamova (68) 

“Bunyodkor-W”: Gulandon Boymatova, Kamola Risqieva, Lyudmila Karachik (Diyora Baxtiyorova, 89), Ilvina Ablyakimova, Ayjan Bo‘ranbekova (Alina Almatova, 69), Ziyoda Irisboeva, Umida Zoirova, Yulduz Nabieva, So‘g‘diyona Allamurodova, Aziza Norboeva (Nozimaxon Ergasheva, 41), Oybarchin Turg‘unova (Ozoda Xojieva, 69)

“Neftchi-W”: Shaxnoza Karimova, Omadoy Mingboeva, Gulsanam Yusupova (Muxlisaxon Qosimova, 80), Dilnavoz Karimova, Amina Shodieva, Baxtishod To‘xtaeva, Dinara Xudoynazarova, Gulchehra A’zamova (Solihabonu Ismoilova, 90+2), Komila To‘xtasinova (Dilrado Abduqodirova, 90+2), Gulnora Davronova, Sitoraxon Nishonova

Ogohlantirishlar: Yo‘q – Sim\toraxon Nishonova (49), Baxtishod To‘xtaeva (54).

 

NAVBAHOR-W – AGMK-W – 0:7 (0:2)

Namangan. “Markaziy” stadion zaxira maydoni. 96 tomoshabin.

Hakamlar: Roziyabonu Yusupova, Kristina Sereda, Aleksandra Konchikova

Nazoratchi: Erkin Oripov

Komissar: Alisher Fayziev

Gollar: Gulchiroy Ibrohimova (18), Orasta Tojiboeva (36), Leyla Oraniyozova (50, 63), Aygerim Otenazarova (69), Rushaniya Safina (74), Mohiraxon Jo‘raboeva (85)

Navbahor-W”: Oygul Davlatova, Shaxnoza Nasriddinova, Navbahor To‘xtaboeva, Nilufar Umarova, Zarina Xo‘jaeva, Muharram Abdullaeva, Fotima Urayimjonova (Zilola Sayfiddinova, 54), Ziyoda Omonqulova (Jasmina Tursunbaeva, 71), Madina Abdurasulova, Mavluda Munavvarova (Gulnavoz Tursunova, 80), Marxabo Jo‘raboeva

AGMK-W: Akilay Sadikova (Gavxar Ashiralieva, 67), Mohiraxon Jo‘raboeva, Feruza Turdalieva, Leyla Oraniyozova (Zuhra Tursunalieva, 67), Munisa G‘iyosova (Sevinch Rahmatullaeva, 57), Rushaniya Safina, Sevvinch Qo‘chqarova (Ziyoda To‘lanboeva, 57), Shohida Tojiddinova, Gulchiroy Ibrohimova (Aygerim Otenazarova, 46), Nilufar Dadajonova, Orasta Tojiboeva

Ogohlantirishlar: Zarina Xo‘jaeva (27), Madina Abdurasulova (66), Jasmina Tursunboeva (87) - Gulchiroy Ibrohimova (44).

 

QIZILQUM-W – PAXTAKOR-W – 1:1 (0:0)

Karmana. “Yoshlik” stadioni. 88 tomoshabin.

Hakamlar: Jahongir Noraliev, Bonu Nishonboeva, Nilufar G‘oipnazarova

Nazoratchi: Hasan Pirmatov

Komissar: Oybek Yunusov

Gollar: Zebiniso G‘anieva (87) – Gulzoda Saidova (53)

“Qizilqum-W”: Nozima Hasanova, Muqaddam Abdullaeva, Dilafruz Toshpo‘latova, Lidiya Tsema, Madina Vohidova (Sohiba Meliboeva, 82), Zebiniso G‘anieva, Madina Kamoltoeva, Chiroygul Dehqonova, E’zoza Sharipova, Feruzaxon Jo‘raboeva, Odina Berdieva (Ekaterina Salnikova, 46)

“Paxtakor-W”: Darya Telesheva, Madina Xikmatova, Nasiba Xojieva, Alisa Zaxarenko, Roziyabonu Asqarova, Dinara Tagirova, Gulzoda Saidova, Tojiniso Rashidova (Dinara Payziqulova, 77), Gulchehra Eshmamatova, Nodira Iskandarova, Kamola Erkinova (Umida Xotamova, 46)

Ogohlantirishlar: Lidiya Tsema (44), Muqaddam Abdullaeva (63) – Madina Xikmatova (38).

mib
uzcard
cola
apex
bmb