Futzal. U18. “Dinamo” chempion, “Dizak” kumush, “Paxtakor” bronza medallari sohibi

Bir hafta davom etgan futzal bo‘yicha 18 yoshlilar chempionati yakuniga etdi. Uchinchi o‘rin uchun kechgan o‘yinda bitta gol farqi “OIL STAR” mag‘lub etgan “Paxtakor” bronza medali bilan taqdirlandi. Hal qiluvchi final bahsida esa “Dinamo” va “Dizak” jamoalari o‘zaro kuch sinashishdi. Yirik hisobda zafar quchgan “Dinamo” ilk musobaqaning dastlabki g‘olibi bo‘ldi, “Dizak”ga kumush,   “Paxtakor”ga esa bronza medallari nasib etdi.

 

Futzal. U18. Jizzax.

2 may, dushanba

 

3-o‘rin uchun:

PAXTAKOR - OIL STAR – 4:3 (3:1). 55 tomoshabin.

Hakamlar: Murodxon A’zamjonov, Sanjar Rahmonov, Asqarbay Arzibekov

Nazoratchi: Ilhom Yoqubov

Komissar: Jamshid Imamov

Gollar:  Sevastyan Mojaev (7, 13, 13), Abdulaziz Erkinov (39) – Hamadjon G‘aybullaev (10, 35), Mirshod Abdukarimov (37)

Ogohlantirishlar: Sevastyan Mojaev, 17 -  Bexruz Samiev (19), Jonibek Nurmatov (37).

 

Final.  

DIZAK – DINAMO – 2:8 (0:4)

Hakamlar: Asqarbay Arzibekov, Farruh Muzaffarov, Murodxon A’zamjonov

Nazoratchi: Ilhom Yoqubov

Komissar: Rustam Zuparov

Gollar: Sunnatullo Darxonov (31-pen.), Jahongir Narzullaev (32) – Timur Salimov (4, 12), Qosimjon Safarov (7, 17, 25), Alijon Kelsinov (34), Alan Ahmedov (40, 40)

Ogohlantirishlar: Sunnatulo Darxonov (25) – Dilshod Xaydarqulov (bosh murabbiy, 14).

 

 

 

 

 

 

 

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb