“HUAXIN-JIZZAKH” futzal klubining rasmiy nomlanishi o‘zgardi

Joriy yilning 22-aprel kuni Jizzaxning “HUAXIN-JIZZAKH” futzal klubi oliy rahbar organi Konferentsiyasi o‘tkazildi.

Konferentsiya kun tartibiga “HUAXIN-JIZZAKH” futzal klubi rasmiy nomlanishini o‘zgartirish, klub Ustavining yangi tahririni tasdiqlash, shuningdek, klub rahbar organlari – klub prezidenti, klub Ijroiya qo‘mitasi a’zolarini saylash masalalari kiritildi.

Konferentsiyada kun tartibidagi masalalar atroflicha muhokama qilinib, tegishli qaror qabul qilindi. Unga ko‘ra, Jizzax shahar “HUAXIN-JIZZAKH” futzal klubining rasmiy nomlanishi “JIZZAX KENTEKS” futzal klubiga o‘zgartirildi. Shu asosda klubning Ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi hamda klub Jizzax viloyati adliya boshqarmasi tomonidan qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Endilikda klub “JIZZAX KENTEKS” futzal klubi nomi bilan faoliyatini davom ettiradi.

Shu bilan birga, klub prezidenti etib Yuldashev Shuhrat Mo‘minovich saylandi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb